Bog'lanish:+998 (87) 358-99-39
Korporativ taʼlim uchun AI-platforma

AI boshqaradigan
xodimlarni oʻqitish platformasi

Exode hujjatlaringizdan kurs yigʻadi, amaliy topshiriqlarni tekshiradi, xodimlarga bilimlar bazasi asosida javob beradi va platformani siz aytganingizdek sozlaydi.

Exode’da yirik kompaniyalar xodimlari oʻqiydi

150 000+
foydalanuvchi platformada
ONLAYN
15 000
kishi har kuni oʻqiydi
Rezident
IT Park Uzbekistan texnoparki

Ilgari butun jamoa qiladigan ishni Exode AI oʻz zimmasiga oladi

Hujjatlaringizdan kurs — 5 daqiqada

Ilgari bitta kurs uchun metodist haftalab ishlardi. Endi vazifani yozasiz va reglamentni biriktirasiz — AI kurs tuzilmasi va darslarini oʻzi yigʻadi

AI-assistent hammasini sozlashga yordam beradi

Soatlab sozlash shart emas: assistentga nima kerakligini ayting — u siz uchun bajaradi

Bilimlar bazasi boʻyicha javoblar — soniyalarda

Xodim rahbar yoki hamkasblariga murojaat qilishi shart emas. U Exode AI’dan soʻraydi va darhol javob oladi

AI-trenajyor: birinchi mijozgacha muloqotni mashq qilish

Xodim virtual mijoz bilan mashq qiladi va tahlil oladi: nima yaxshi chiqdi va qanday aytsa yaxshiroq boʻladi

Xodimlar javoblarini siz oʻrningizga AI tekshiradi

Testlar avtomatik tekshiriladi, batafsil javoblarni esa AI oʻzi baholaydi — ball va izoh bilan. Sizga bahoni qabul qilish yoki tuzatish qoladi

Hujjatlaringiz asosida akademiya yarating

20 daqiqada kurslar qanday yaratilishini va platforma qaysi vazifalaringizni hal qilishini koʻrsatamiz

Xodimlar soni

Har bir xodimning bilimini baholang va rivojlanish rejasini tuzing

  1. Baholash

    Testlar, attestatsiya va kompetensiyalarni baholash — har kimning haqiqiy darajasi

  2. Rivojlanish rejasi

    Baholash natijasiga koʻra — shaxsiy trek: kurslar, topshiriqlar, muddatlar

  3. Rivojlanish

    Taʼlim, trenajyor va amaliyot. Rahbar natijani koʻrib turadi

  4. Oʻsish

    Kadrlar zaxirasi: mutaxassisni bozordan izlamang, oʻzingiz yetishtiring

Birinchi haftadayoq nimalarni ishga tushirish mumkin

Vazifalar oʻzi almashadi — oʻzingiznikini tanlash uchun bosing
VAZIYAT

Har oy yangi xodimlar keladi va har birini turlicha oʻqitishadi.

EXODE NIMA QILADI

Lavozimga mos kurslar birinchi kundanoq oʻzi biriktiriladi, javoblar — bilimlar bazasidan, rahbar esa tayyorgarlikni koʻrib turadi.

MISOL

Kassir, farmatsevt, call-markaz operatori smenaga tayyor holda chiqadi.

Vazifangizni muhokama qilish

Kompaniyaga kerak boʻlgan hamma narsa — bitta platformada

Taʼlim va amaliyot

Darslar ichida video, matn va topshiriqlar

Kurs konstruktori

Dars bloklardan yigʻiladi: matn, video, audio, chek-listlar, kvizlar, fayllar, SCORM va Notion materiallari

Analitika

Kompaniya, filial, boʻlim va har bir xodim boʻyicha natijalar

Kompetensiyalarni baholash

Oʻtish chegarasi bor testlar va attestatsiyalar. Topshira olmasa — modulni takrorlab, qayta topshiradi.

Bilimlar bazasi

Reglament va yoʻriqnomalar — umumiy bazada. Barcha hujjatlar boʻyicha qidiruv va AI javoblari.

Avtomatik biriktirish

Tashkiliy tuzilmani yuklang — kurslar boʻlim va lavozimga qarab oʻzi biriktiriladi. Xodim boshqa lavozimga oʻtsa yoki koʻtarilsa — yangi taʼlim biriktiriladi.

Mobil ilova

iOS va Android — kompyuter ortida ishlamaydiganlar uchun.

Geymifikatsiya

Ballar, reytinglar va sertifikatlar — kurslar oxirigacha oʻqiladi.

Tizimlaringiz bilan integratsiya

Exode kompaniyaning HR, CRM va hisob tizimlari bilan birga ishlaydi. Kerakli tizim yoʻqmi — API orqali ulaymiz.

Verifix×ExodeExode
Verifix’da ishlaysizmi? Xodimlarni qayta kiritishga hojat yoʻq
Ulashni muhokama qilish
Verifix
  • Xodimlar va shaxsiy kartochkalar
  • Tashkiliy tuzilma va boʻlimlar
  • Lavozimlar
  • Yangi xodimlar
→MAʼLUMOTLAR
ExodeExode
  • ✓Xodimlar akkauntlari
  • ✓Oʻsha boʻlim va guruhlar
  • ✓Lavozimga mos kurslar — avtomatik
  • ✓Birinchi kundan onboarding

Har kim uchun foyda

Qoʻlda bajariladigan ishlarsiz boshqaruv
  • Lavozimga qarab dasturlarni avtomatik biriktirish
  • Kurs va testlar oʻtilishini nazorat qilish
  • Jamoalar boʻyicha hisobotlar bir klikda
Tejash
HR vaqti yiliga
510 soat

Mijozlarimizda bu qanday ishlaydi

2 500+nafar Uzum xodimi hozir platformada oʻqiydi
Ofisdan kuryerlargacha — hamma bitta tizimda oʻqiydi
Kimlar oʻqiydi: ofis va dala xodimlari — topshirish punktlari administratorlari va kuryerlar. Onboarding, texnologiyalar va ish qoidalari.
Nega Exode: taʼlimning barcha asosiy vazifalarini — kurslar, kirish huquqlari, integratsiyalarni — hal qiladigan mahalliy platforma, ortiqcha pul toʻlashga majbur qiladigan keraksiz funksiyalarsiz.
Video fikrni tomosha qiling
Uzum’da taʼlim ichkaridan qanday tashkil etilgan
→
Moliyaviy konsalting
≈ 0 soatrahbar sarflaydigan vaqt
Vazifa: kompaniyaga yagona kirish tizimini qurish — har bir yangi xodim bir xil yoʻldan oʻtib, KSP standartlari boʻyicha ishlashi uchun. Bunda alohida oʻqitish boʻlimisiz.
Yechim: Exode’da moslashuv tizimi yigʻildi: video, materiallar va maslahatlardan iborat modullar, oʻqishdan soʻng — test. Yangi xodimlar mustaqil oʻqiydi, rahbar esa testdan oʻtganlar bilan ishlaydi.
BILLZIT · mijozlarga xizmat
70%imtihonda toʻgʻri javob — yangi xodim mijozlar bilan ishlashga ruxsat olishi uchun minimum
Vazifa: yangi xodimlar tarqoq bilimlar bazasidan oʻqishardi, imtihonlar esa ogʻzaki yoki Google Forms orqali olinardi. Kim mijozlarga javob berishga haqiqatan tayyorligini tushunish qiyin edi.
Yechim: qoʻllab-quvvatlash xodimlari taʼlimi Exode’da jamlandi: bilimlar bazasi va videolar bir joyda, har bir bosqichdan keyin — imtihon. Har bir xodimning natijasi har bir modul boʻyicha foizda koʻrinadi.

1 kunda ishga tushirish

1-QADAM
Akademiyangizni yaratish

Brend, domen, xodimlar va boʻlimlar. Maʼlumotlarni avvalgi tizimdan koʻchiramiz.

2-QADAM
Kurslarni yaratamiz

Hujjatlaringiz, materiallaringiz asosida va AI yordamida

3-QADAM
Ishga tushiramiz

Menejeringiz har bir bosqichda va har bir vazifada siz bilan birga boʻladi

Har bir mijozning shaxsiy menejeri bor

Kompaniyangizni biladigan bitta mutaxassis: ishga tushirish va sozlashda yordam beradi, istalgan savolga javob beradi

Artur, Exode menejeri
Artur
Exode menejeringiz
onlayn
Assalomu alaykum! Men Artur, menejeringizman. Ishga tushirish va sozlashda yordam beraman — nimadan boshlaymiz?
Exode

xodimlar uchun ilova

O'qitish har doim xodim qo'l ostida

07:40
3Ta'lim10
Hikoyalar
Video darslar
Amaliyot
Sertifikatlar
Faol amaliyot

Uy vazifasi turlari...

2-modul · Ertaga topshirish

10/38
O'qishni davom ettirish
128

Platforma asoslari

3 / 9 · Kurs haqida ma'lumot
94

Shaxsiy samaradorlik

5 / 12 · Kurs haqida ma'lumot
Xavfsizlik

Maʼlumotlaringiz oʻzingizda qoladi

Maʼlumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi
Modellar maʼlumotlaringizda oʻqitilmaydi
Maxfiy maʼlumotlar anonimlashtiriladi
Rollar va kirish huquqlari: har kim faqat oʻzinikini koʻradi

Kompaniyangiz uchun narxni hisoblaymiz

Narx oʻqiyotgan xodimlar soniga bogʻliq.

Siz faqat oʻqiyotgan xodimlar uchun toʻlaysiz. Faol boʻlmaganlar uchun — toʻlamaysiz.
Kompaniya hajmi

Hisob-kitob bepul va hech narsaga majburlamaydi. Ish vaqtida qoʻngʻiroq qilamiz

KORPORATIV TARIFGA NIMALAR KIRADI
  • AI: hujjatlardan kurslar, assistent, trenajyor, javoblarni tekshirish
  • Reglamentlar boʻyicha javob beradigan bilimlar bazasi
  • Cheksiz kurslar va materiallar
  • Kurslarni avtomatik biriktirish va guruhlar
  • Xodimlarni import qilish va tashkiliy tuzilma
  • Rollar va kirish huquqlari
  • Testlar, topshiriqlar va bilimni tekshirish
  • Baholash va rivojlanish rejalari
  • Oʻqishdan soʻng sertifikatlar
  • Taʼlim boʻyicha analitika va hisobotlar
  • Mobil ilova
  • Koʻp tilli kurslar
  • SCORM kurslarini yuklash
  • API va vebxuklar orqali integratsiyalar
  • Kompaniyangiz brendi ostida
  • Materiallaringizni koʻchirish
  • Shaxsiy menejer va sozlashda yordam
  • 24/7 qoʻllab-quvvatlash

Koʻp beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Telegram’da yozing — menejeringiz javob beradi.

Oddiy LMS kurslarni saqlaydi. Exode esa ularni hujjatlaringizdan yaratadi, biriktiradi, javoblarni tekshiradi, xodimlarga javob beradi va kim oʻsishga tayyorligini koʻrsatadi.